Turkiyaning Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh o‘rtasida qurolli otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda voqea joyiga yaqin hududda ishlayotgan samarqandlik shaxs yaralanib, kasalxonada vafot etdi. Uning jasadini O‘zbekistonga yuborish uchun yordam ko‘rsatildi.
Rossiya qamoqxonasidan Ukrainadagi urushga “safarbar qilingan” 23 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Onasining aytishicha, u qo‘liga hech qachon qurol olmagan. “„Men xizmat qilmayman, odam o‘ldirmayman, onajonim, men bormayman, desam ham majburlashdi“, — dedi”, — deya o‘g‘li bilan so‘nggi suhbatni yodga oldi u.
Rossiyada qamoq jazosini o‘tayotgan Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi fuqaro Ukrainada vafot etdi. Qayd etilishicha, erkak Ukrainaga qurilish ishlari uchun jo‘natilgan va u turgan joyga snaryad kelib tushgan.
Seshanba kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi Mitishi shahrida 2 o‘zbekistonlik va uy egasi ko‘p qavatli binoda chiqqan yong‘in tufayli vafot etdi. Yong‘inga sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani sabab bo‘lgani aytildi.
TIV rasmiy vakili «Jibek joli» o‘tish punktida Qozog‘istondagi tartibsizliklarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston fuqarosi ekanligini rad etdi.
46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda 2009 yilda tug‘ilgan qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atishga oid masala muhokama qilinmoqda.
Senat O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. 2005 yilgacha O‘zbekistonga kelgan fuqaroligi bo‘lmaganlar va kamida 15 yil mamlakat hududida yashagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini olishlari mumkin.
Turkiyaning Istanbul shahrida kurer bo‘lib ishlagan 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi tilanchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxs tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Mojaroga o‘zbekistonlikning ishlash kerakligi haqidagi tanbehi sabab bo‘lgan.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra bir yil davomida mehnat qulligida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ish beruvchiga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini, ish sharoitlari va ish haqidan qoniqqanini aytdi. U O‘zbekistonga qaytish niyatida emas. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yopilgan.
Qozog‘istonda 58 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bir yil davomida mehnat qulligida o‘tkazdi. Hujjatlari olib qo‘yilgan va unga jismoniy zo‘ravonlik bilan tahdid qilingan.
Ukraina poytaxtidagi «Leonardo» biznes markazida joylashgan bankda xodimni garovga olgan va bankni oyog‘iga boylangan bomba yordamida portlatib yuborish bilan tahdid qilayotgan shaxsning O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmatining tezkor guruhi tahdidchini qo‘lga olganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting